Gruziyaning TBC Bank Group guruhi vakili Oliver Xyuz banklarga foydalanuvchi ma’lumotlarini “bulut"da saqlashga ruxsat berishni so‘radi. Prezident aqliy hujum o‘tkazish va takliflar kiritishni buyurdi. “Gap fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari haqida ketyapti… Bu yerda xato qilishga haqqimiz yo‘q”, — dedi u.
O‘zbekistonda Telegram guruhlari va kanallari orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plab, ulardan pul undirish maqsadida foydalanish holatlari kuzatilmoqda. IIV ma’lumotiga ko‘ra, ularning yurituvchilari xorijdan turib faoliyat olib bormoqda va hozircha ushbu kanallarni bloklashning iloji yo‘q. Vazirlik fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarda qo‘ymaslikni va begona guruhlarda tarqatmaslikni so‘radi.
«VKontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlari o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini qonunga zid ravishda qayta ishlamoqda, deya ma’lum qildi «O‘zkomnazorat». Inspeksiya ijtimoiy tarmoqlarga egalik qilayotgan Mail.ru Group, Twitter va Tencent kompaniyalariga «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning 271-moddasi talablariga amal qilish, ya’ni serverlarini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
«O‘zkomnazorat» tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzgan ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlariga jarima solinadi va bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi.
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonida ularni yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash O‘zbekistonda jismonan joylashgan texnik vositalar yordamida amalga oshirilishi kerak. Ushbu o‘zgartirishlar shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga kiritildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting